Musofirdamiz Tohirbek Boboyev
- Размер: 3.55 MB
- Длительность: 04:51
- Качество: 128 kbps
- Дата релиза: 06.12.2025
Текст песни
Cho'ntakda borini sarfladik to'yga
Qarz yopib kelay deb musofirdamiz
Avvalchi non olib kelgan shu uyga
Non topib kelay deb musofirdamiz
Qo'l qanoq yorilgan qora mehnatda
Mayli shu yozilgan ekan qismatda
Farzandlar ulg'ayib bo'lguncha katta
Bir borib kelay deb musofirdamiz
Manzilsiz yo'llardek yo'q adog'i
Taqvimlar aylanar kunlar sanog'i
Bo'yinga ilingan ro'zg'or sirtmog'i
Men g'olib kelay deb musofirdamiz
Qo'l qanoq yorilgan qora mehnatda
Mayli shu yozilgan ekan qismatda
Farzandlar ulg'ayib bo'lguncha katta
Bir borib kelay deb musofirdamiz
Asli havas emas musofir bo'lmoq
Mudom oilamizdan xavotirdamiz
O'zimizdan ziyod o'zimdan ko'proq
Baxt olib kelay deb musofirdamiz
Qo'l qanoq yorilgan qora mehnatda
Mayli shu yozilgan ekan qismatda
Farzandlar ulg'ayib bo'lguncha katta
Bir borib kelay deb musofirdamiz