Слушайте и скачайте песню Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o'ttiz birida бесплатно в формате MP3 | Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o'ttiz birida qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Ishqim pinhon etmadim oshkor Asrab keldim ko'nglim senida Duch kelgandik sen bilan ilk bor Dekabrning o'ttiz birida
O'sha kundan bu yurak hasta Sog'inchlaru azoblar dasta Ketgan eding so'z demay asta Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib Esga olsam dil ketar to'lib Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib Dekabrning o'ttiz birida
Ko'ngil derdi gulyuzidan o'p Yorning sendek oshiqlari ko'p Eslaysanmi qor yoqqandi xo'pDekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib Esga olsam dil ketar to'lib Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib Dekabrning o'ttiz birida
Yillar o'tdi aytib alvido Seni mendan aylablar judoSo'rasang jon etardim fidoDekabrning o'ttiz birida
Sochimga oq qo'ngan payt mani Yigirma yil sen yodlaysana Ajib qismat uchrashdik yana Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib Esga olsam dil ketar to'lib Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib Dekabrning o'ttiz birida
Endi men yod sen menga birov Ulg'ayganmiz sochimiz qirovTo'yib boqay hech qursa birrov Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib Esga olsam dil ketar to'lib Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib Dekabrning o'ttiz birida