Uyg'on o'g'lim Ozodbek Nazarbekov
- Размер: 8.91 MB
- Длительность: 04:54
- Качество: 320 kbps
- Дата релиза: 29.08.2025
Текст песни
Озодбек Назарбеков - Уйғон ўғлим
Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim,Har oning huzur, o‘g‘lim.Shahdingdan kun yorishsin,Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim.Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
El bo‘lsa yigit joni,Sel kabi jo‘shar qoni.Vatan desa dunyoniIkki chetga sur, o‘g‘lim.Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Nafs ipin uzar bo‘lsang,Baxt ichra suzar bo‘lsang,Bir esking buzar bo‘lsang,Avval o‘nta qur, o‘g‘lim!
Bizning ilm maktabi,Bo‘lgan dunyo matlabi.Buxoriy bobong kabiQilgin tafakkur, o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Ulug‘bek osmonidaYulduz bo‘l, oy yonida.Beruniy ummonidaBo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim!
El koriga bo‘lsang shay,Seni kaftimda tutay.Bobong Manguberdiday,O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Avlodning baxtga mosi,Ajdodlarga bo‘l xosi.Bibixonim momosi,Bobosi Temur, o‘g‘lim.Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yo‘lingda qancha chohlar,Uyg‘onmasliging xohlar.Sen esa shunday chog‘larBo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim.Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!
Yasha yurtni sha'nim deb,Har yerin chamanim deb.Hayqirib: “Vatanim!”- deb,Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim.
Biz - o‘tmish, sen - kelajak,Umring baxtga to‘lajak.O‘zginamning bo‘lajakNavoiy, Bobur, o‘g‘lim!
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim,G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim.Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim,Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!