Слушайте и скачайте песню Ozoda Nursaidova - O'zbegim бесплатно в формате MP3 | Ozoda Nursaidova - O'zbegim qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Bitta oy o'n ikki yulduzga qarab
Nigohim so'z yozdi tiniq osmonga
Balki shu qo'shiqni aytmoqlik uchun
Tug'ilgandurman men O'zbekistonda

Mening ikki ko'zim bor biri yurt birisi xalq
Mening bitta so'zim bor ikkisini sevishar
Osiyo yuragisan ko'hna tarix bo'lagisan
O'zbekiston vatanim sen jonim bo'lagisan

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi

O'zbegingni o'zgalarga berma O'zbek
Yuksal ko'kga yer deb sinib turma O'zbek
O'z tiling bor uni yerga urma O'zbek
O'z yo'ling bor boshqa yo'ldan yurma O'zbek

Qutlug' bo'lsin senga tarixiy zafar
Endi bizni bilmaganlar ham bilar
Egallagin dunyo maydonlarini
Noming bilan shoning shunda yuksalar

Osiyo yuragisan ko'hna tarix bo'lagisan
O'zbekiston vatanim sen jonim bo'lagisan

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi

Biz birlashdik endi yursak bo'ladi
Zafarlar bundan yuksak bo'ladi
Bu yurakda agar yurt ishqi bo'lsa
Dunyoni qaytadan qursak bo'ladi