Слушайте и скачайте песню Nurzida Isayeva, Shavkat Zulfiqor - Odamlarning yomoni yomon bo'larkan бесплатно в формате MP3 | Nurzida Isayeva, Shavkat Zulfiqor - Odamlarning yomoni yomon bo'larkan qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Har kimsa har qaysi tomon bo'larkan
Oqibat aybdor zamon bo'larkan
Besh kunlik dunyoda bilganim do'stlar
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Birovning qalbini bo'lmaydi bilib
Yiqilsang ustingdan ketarkan kulib
Xattoki shaytonga ustozlik qilib
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Ko'karsang ko'rolmay chopib ketarlar
Ishongan eshikni yopib ketarlar
Bir kuni Xudodan topib ketarlar
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Sirtiga chiqarmas ichda olasin
Hasaddan oqargan sochin tolasin
Nahotki hammasi odam bolasi
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Jigar deb jigaring yemirsam deydi
Sichqondek boringni kemirsam deydi
Bir kuni o'zlari o'z boshin yeydi
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Qo'l bersang yulgaylar boringni olib
So'rmasdan cho'ntakka qitmir qo'l solib
O'likdan qo'rqmaylik tiriklar qolib
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Siringni bilvolsa dunyoga aytgan
Bezbetlik shunchalar oson bo'larkan
Ko'rolmas qasamxo'r Xudodan qaytgan
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Nomardlar qasdidan asra Xudoyim
Ne qilsa o'zidan tortsin iloyim
Besh qo'lki barobar bo'lmagan doim
Odamning yomoni yomon bo'larkan

Har kimsa har qaysi tomon bo'larkan
Oqibat aybdor zamon bo'larkan
Besh kunlik dunyoda bilganim do'stlar
Odamning yomoni yomon bo'larkan