Sanamjon Botir Qodirov
- Размер: 11.31 MB
- Длительность: 05:56
- Качество: 320 kbps
- Дата релиза: 09.10.2025
Текст песни
Ботир Қодиров - Санамжон
Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?
Hasrat to’la so’zga so’z ulab nima qilasan,O’zingnida manida qiynab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Qayda vafo bormi deb so’rab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Qayda vafo bormi deb so’rab nima qilasan?
Daryo suvi oqarmu qor yog’masa tog’larg’a,Gullar kulib boqarmu san kelmasang bog’larg’a?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Ishqdan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan-ey –Sendan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.
Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?Qaro ko’zli sanamjon-ey, o’zing yaxshi bilasan –Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?
Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?