Слушайте и скачайте песню Shavkat Zulfiqor - Hudo saqlasin бесплатно в формате MP3 | Shavkat Zulfiqor - Hudo saqlasin qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Qani sinsa deysiz yiqilsa deysiz
Dardan ado bo'lib siqilsa deysiz
Yolg'ondan kuyinib g'amimni yeysiz
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin

Omadim otining sinsa oyog'i
Boshimga teksa gar qismat tayog'i
Sizni qiziqtirmas uyoq bu yog'i
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin

Qilgan xatolarim sizlarga bazm
Har ne pastkashlikka yetarsiz jazm
Hatto odam go'shtin qilarsiz hazm
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin

Borimda boshida ko'tarib yurgan
Yo'g'imda bir pasta yerlarga urgan
Bir kuni o'lishimni poylashib turgan
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin

Har dam xanjaringiz qo'lda yashirin
Bilib olsam deysiz dildagi sirin
Hatto shoqollar ham yemas bir birin
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin

Qani sinsa deysiz yiqilsa deysiz
Dardan ado bo'lib siqilsa deysiz
Yolg'ondan kuyinib g'amimni yeysiz
Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin