Слушайте и скачайте песню Alisher Yusupov - 60 yoshda ishlagan Otam бесплатно в формате MP3 | Alisher Yusupov - 60 yoshda ishlagan Otam qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Ishlab tinmay qora mehnatda
Hech narsadan qilmadilar kam
Kechib dunyo lazzatlaridan
Oltmish yoshda ishlagan otam

Yangi kiyim olib kiymagan
Bolam deydi na qilsa ham
Sochlarini qorasi qolmay
Oltmish yoshda ishlagan otam

Sochlarini qorasi qolmay
Oltmish yoshda ishlagan otam

Bo'ston qilay shu cho'limni deb
Hech oz'iga bermadilar dam
Odam qilay shu o'g'limni deb
Oltmish yoshda ishlagan otam

Birovga hech yomonligi yo'q
Egri yo'lga qo'ymagan qadam
Nolimagan sira hayotdan
Oltmish yoshda ishlagan otam

Baxtimga sog' bo'lsangiz bo'ldi
Ko'rmay deyman ko'zingizda nam
Sizdan dunyo qarzim bor mening
Oltmish yoshda ishlagan otam

Sizdan dunyo qarzim bor mening
Oltmish yoshda ishlagan otam
Qo'lingizni qadoqlar bosgan
Tinmagansiz esimda har dam

Olib boray Hajlarga sizni
Oltmish yoshda ishlagan otam
Olib boray Hajlarga sizni
Oltmish yoshda ishlagan otam
Oltmish yoshda ishlagan otam