Слушайте и скачайте песню Farrux Raimov - Dunyoni to'xtating бесплатно в формате MP3 | Farrux Raimov - Dunyoni to'xtating qo'shiqni MP3 formatida bepul tinglang va yuklab oling. Лучшие узбекские хиты на одном сайте | Eng yaxshi o'zbek xitlari bitta saytda

Текст песни

Фаррух Раимов - Дунёни тўхтатинг
Har kunda muomma tashvishlar talay
Hech kimsa demaydi ahvoling qalay
To'g'risi charchadim yomon charchadim
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Jigarlar jigarmas yonimda yurgan
Yiqilsam shanimni yerlarga urgan
Yigirma to'rt soat aylanib turgan
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Oqibat devori vayrona bo'lgan
Mehrning bag'ri qon jayrona bo'lgan
Shayton ham bir chetda hayrona bo'lganey
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Qanoti qayrilgan qushga o'xshayman
O'ngidan kelmagan tushga o'xshayman
To'xtatmasangiz ham sakrashga shayman
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Muhabbat bozori bo'lganda tashkil
Ko'ngillar sotildi unda turfa xil
Har joyda iforsiz plastmasa gul
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Oqibat devori vayrona bo'lgan
Mehrning bag'ri qon jayrona bo'lgan
Shayton ham bir chetda hayrona bo'lganey
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Har ishki taqdirga havola bo'lmas
Dardimni doridan davolab bo'lmas
Bu hayot men orzu qilgan u yo'lmas
Dunyoni to'xtating men tushib qolay

Oqibat devori vayrona bo'lgan
Mehrning bag'ri qon jayrona bo'lgan
Shayton ham bir chetda hayrona bo'lganey
Dunyoni to'xtating men tushib qolay